“SUV RESURSLARINI TEJASHGA AYOLLARNING QO’SHGAN HISSASI” mavzusidagi video intervyular tanlovi

1. UMUMIY QOIDALAR

Mazkur Qoidalar Suv xo‘jaligi vazirligi tizimidagi suv xo‘jaligi tashkilotlarida ishlab kelayotgan barcha ayollar o‘rtasida “Suv resurslarini tejashga ayollarning qo’shgan hissasi” mavzusidagi video intervyular tanlovni o‘tkazish tartibini belgilab beradi – (keyingi o‘rinlarda – tanlov).

1.1. Tanlov Shveysariya Konfederatsiyasi hukumati tomonidan moliyalashtirilayotgan Shveysariya taraqqiyot va hamkorlik agentligi hamda O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi hamkorlikda amalga oshirayotgan “O‘zbekistonda Suv resurslarini boshqarish milliy loyihasi” doirasida o‘tkazilmoqda.

1.2. Tanlov suv ho’jaligida gender tenglikka erishish bo‘yicha xabardorlikni oshirishga qaratilgan bo’lib, suvni tejashga intilayotgan ayollarni ilhomlantirish, tarbiyalash va qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan.


2. TANLOVNING MAQSADLARI VA VAZIFALARI

a) Maqsadlar:

· Ayollarning muvaffaqiyat hikoyalari orqali suvni tejashga qo'shgan hissasini tan olish va targ'ib qilish.

· Suvni tejash bo'yicha ilg'or tajribalarni va suv sektorida ayollar tomonidan joriy etilgan innovatsion texnologiyalarni targ'ib qilish.

· Aholining suv resurslari bilan bog'liq ekologik muammolarni hal qilishda ayollarning roli haqida xabardorligini oshirish.

b) Vazifalar

· Suv resurslarini asrash yoki undan oqilona foydalanishga katta hissa qo‘shgan ayollarning hikoyalarini to‘plash.

· Suvni tejovchi texnologiyalarni (masalan, tomchilatib sug'orish, suvni tozalash va qayta ishlatish) joriy etishning amaliy misollarini ko’rsatib berish.

· Ishtirokchilarning shaxsiy va professional tajribasini ko'rsatishga yordam beradigan intervyularni tashkil qilish.


3. TANLOV ISHTIROKCHILARI

TOMCHI telegram kanalining obunachilari bo‘lgan Suv xo‘jaligi vazirligi tizimidagi suv xo‘jaligi tashkilotlarida ishlayotgan barcha ayollar tanlovda ishtirok etishlari mumkin.


4. TANLOVDA QATNASHISH TARTIBI

1-qadam - O'z xo'jaligida suvni tejash texnologiyasini joriy qilgan fermer ayolni toping. U bilan oldindan gaplashing va vazifangizni tushuntiring.

2-qadam – Bu ayolga bermoqchi bo'lgan savollarni tayyorlab, kelishilgan kuni interview oling. Intervyuni telefoningizda videoga tushiring.

3-qadam – tayyorlagan materialni @ayollarning_hissasi_admin TG manziliga yuboring va administratordan javob kuting( FAQAT BITTA VIDEO YUKLASh MUMKIN).

4-qadam Administratorning ko‘rsatmalariga amal qiling va u yuborgan havolani iloji boricha ko‘proq do‘stlarga yuborib ulardan sizga ovoz berishlarini so‘rash.

· Tanlov natijalariga ko‘ra 13 nafar g‘olib aniqlanadi (har bir viloyatdan, o’z viloyati doirasida eng ko’p ovoz to’plagan)

· Tanlov ishlari sharhlanmaydi va qaytarilmaydi. Tanlovda ishtirok etish va uning natijalari bo‘yicha murojaatlar qabul qilinmaydi.
HAR BIR VILOYATDAN, O’Z VILOYATI DOIRASIDA ENG KO’P OVOZ TO’PLAGAN 1 NAFAR ISHTIROKCHI G‘OLIB DEB TOPILADI

ALBATTA: tanlovda ishtirok etish uchun ariza shakli ilova qilinadi.


5. ARIZA SHAKLI

  • Ishtirokchining ismi sharifi

  • Ish joyi (tashkilot nomi, manzili)

  • Telefon raqamlari


6. TANLOV YUTUQLARI:

Maishiy texnika (har bir viloyatdan bittadan g‘olibga)


7. TANLOVNI O‘TKAZISH MUDDATI

Tanlov 2025 yil 1 FEVRALDAN 28 FEVRAL oralig‘ida o‘tkaziladi.

1-FEVRAL kuni tanlov e’lonlari Loyiha va Suv xo‘jaligi vazirligining ijtimoiy tarmoqlari va veb-resurslarida joylashtiriladi.

• Ovoz berish 28 FEVRAL SOAT 18:00 DA YOPILADI!

3 MARTDA Tanlov natijalari e’lon qilinadi va Loyiha resurslarida joylashtiriladi.

• Rasmiy sovrinlarni topshirish marosimi 8 MART kuniga bag’ishlangan tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi binosida bo‘lib o‘tadi (onlayn va oflayn tarzda)

• Tanlovda ishtirok etish tanlov shartlariga rozi ekanini bildiradi

• Muallif avtomatik tarzda o‘z ishlarini loyiha kanallari va ijtimoiy tarmoqlarda joylashtirilishiga rozilik beradi.